locale OZ

Isroil Madrimov Germaniyada operatsiya qildirildi

Sobiq chempion jarohatini bartaraf etish uchun Ostsee-Sport-Klinik klinikasiga murojaat qildi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Super yarim o'rta vazn toifasida WBA yo'nalishi bo'yicha sobiq jahon chempioni Isroil Madrimov oyog'idagi jarohati tufayli operatsiya qildirildi. O'zbek charmqo'lqop ustasi jarrohlik muolajasini Germaniyaning Ostsee-Sport-Klinik shifoxonasida amalga oshirdi.

“Alhamdulillah, operatsiya yaxshi o'tdi”, — deb yozdi Madrimov ijtimoiy tarmoqda, shifoxonada tushgan suratiga izoh qoldirib.

Ma'lumot uchun, Isroil Madrimov so'nggi jangida — 2024 yil 22 fevral kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida amerikalik Virjil Ortisga qarshi to'qnash kelgan va ochkolar hisobida mag'lubiyatga uchragan edi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting