Iordaniyadagi Osiyo chempionatida 21 aprel kuni ikki nafar o'zbekistonlik bokschi ringga chiqadi. 20 aprel kungi natijalar
Iordaniya poytaxti Amman shahrida o'smir o'g'il-qizlar o'rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda.
Abrorbek Sharipov Tailand vakiliga qarshi jang qiladi, Sunnatbek Ilhomov esa Yaponiya bokschisiga qarshi ringga chiqadi.
Janglar Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da boshlanadi.
Sportchilar juftliklari:
• 60 kg: Abrorbek Sharipov — Santi Kaevboonraung (Tailand)
• 66 kg: Sunnatbek Ilhomov — Kunimitsu Hondjo (Yaponiya)
20 aprel kuni o'zbekistonlik bokschilarning jang natijalari:
• 50 kg: Dinislam Davlatiyerov — Sergey Artemenko (Ukraina). O'zbek bokschisi hakamlar qaroriga ko'ra yutqazdi.
• 54 kg: Sabrina Chaqamanova — Xadija Safinova (Qirg'iziston). O'zbek bokschisi uchinchi raundda nokaut bilan g'alaba qozondi.
• 52 kg: Asadbek Esonboev — Kazuma Kuamamoto (Yaponiya). Jang natijasi — Asadbek foydasiga 5:0.
• 54 kg: Bobomurod Boymirzayev — Xaitmurat Astanov (Turkmaniston). Natija — o'zbek bokschisi foydasiga 5:0.
• 57 kg: Asilbek Abduqadirov — Muxaime Al-Allakmo (Iroq). Asilbek 5:0 hisobida g'alaba qozondi.