Ikki nafar oʻzbekistonlik bokschi Osiyo chempionatining finaliga yoʻl oldi
Mo‘g‘uliston poytaxti boks boʻyicha qitʼa birinchiligiga mezbonlik qilmoqda.
FOTO: Getty Images
Moʻgʻuliston poytaxtida oʻtkazilayotgan boks boʻyicha Osiyo chempionatida yarimfinalning dastlabki kun kun bahslari ortda qoldi.
Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasining 4 nafar aʼzosidan 2 tasi muvaffaqiyatli jang oʻtkazib, chempionlik bahsida ringga koʻtariladigan boʻldi. Yana 2 nafar sportchi bronza medaliga ega chiqdi.
- -70 kg: Oysha Toirova — Arundhati Choudhari (Hindiston) 1:4
- -75 kg: Aziza Zokirova — Lovlina Borgoxain (Hindiston) 5:0
- +80 kg: Oltinoy Sotimboyeva — Dina Islambekova (Qozogʻiston) 0:5
- -65 kg: Abdulloh Madaminov — Shion Nishiyama (Yaponiya) 5:0
Bronza medal:
- -70 kg: Oysha Toirova
- +80 kg: Oltinoy Sotimboyeva
Ertaga yana 6 nafar oʻzbekistonlik bokschi yarimfinal jangini oʻtkazishadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist