locale OZ

IBA Jahon chempionati. Bugun 6 nafar bokschimiz oltin medal uchun jang qiladi

Janglar Toshkent vaqti bilan 18:00 da start oladi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
IBA Jahon chempionati. Bugun 6 nafar bokschimiz oltin medal uchun jang qiladi
Фото: Boxing Uzbekistan

Jahon chempionati o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirib keldi. Bugun musobaqa doirasida final janglari bo‘lib o‘tadi. Ushbu bosqichga 6 nafar bokschimiz yetib kelishgan va ular bugun rossiyalik sportchilarga qarshi ringga chiqishadi.

Juftliklar bilan tanishing:

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Bair Batlaev (Rossiya) 18:15

-60 kg: Abdumalik Xalokov - Vsevolod Shumkov (Rossiya) 19:00

-67 kg: Asadxuja Mo‘ydinxujaev - Evgeniy Kool (Rossiya) 19:30

-80 kg: Javohir Ummataliev - Jambulat Bijamov (Rossiya) 20:15

-92 kg: To‘rabek Xabibullaev - Muslim Gajimagomedov (Rossiya) 20:45

+92 kg: Arman Maxanov - David Surov (Rossiya) 21:00

Janglar Toshkent vaqti bilan 18:00 da start oladi. Bahslardagi vaqtlar taqdirlash marosimiga qarab o‘zgarib borishi mumkin.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting