Havasbek Asadullayev RCC Boxing oqshomida rossiyalik raqib bilan to‘qnashadi
Andijonlik bokschimiz 9 avgust kuni Yekaterinburgda Lubsanovga qarshi ringga ko‘tariladi
Rasm: Olamsport.uz
9 avgust kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida RCC Boxing tashabbusi bilan prof boks kechasi bo‘lib o‘tadi. Unda o‘zbekistonlik yosh va istiqbolli bokschi Havasbek Asadullayev ham ishtirok etadi.
Andijon viloyati vakili bo‘lgan 25 yoshli Asadullayev uchun bu to‘rtinchi professional jang bo‘ladi. U avvalgi uch to‘qnashuvining barchasida g‘alaba qozongan. Bu gal esa unga rossiyalik tajribali bokschi — 28 yoshli Vadim Lubsanov raqiblik qiladi. Lubsanov o‘z faoliyati davomida 16 jang o‘tkazib, 11 tasida zafar quchgan va 5 marta mag‘lub bo‘lgan.
Bakradze Iman
Redaktor