locale OZ

Hasanboy Do'smatovning navbatdagi raqibi ma'lum bo'ldi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hasanboy Do'smatovning navbatdagi raqibi ma'lum bo'ldi
FOTO: IBA

Ikki karra Olimpiada chempioni, hamyurtimiz Hasanboy Do'smatovning professional boksdagi navbatdagi raqibi ma'lum bo'ldi.

Unga ko'ra, Do'smatov 20-iyul kuni filippinlik Richard Lasponaga qarshi ringga ko'tariladi. Jang manzili esa hozircha noma'lum.

Ma'lumot uchun, Hasanboy Do'smatov prof boksda 6 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan, 5 ta jangi muddatidan avval yakunlangan.

Richard Laspona esa professional faoliyati davomida 8 bor ringga ko'tarilib, ularning barchasida g'alaba qozongan, uning ham 5 ta jangi muddatidan avval yakunlangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting