G‘iyosov: Ennis yuqori vaznda ham yetakchi bo‘ladi
O‘zbek bokschisi amerikalik chempionning super yarim o‘rta vazndagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi
Rasm: Telegram
O‘zbek bokschisi Shahram G‘iyosov super yarim o‘rta vaznga o‘tgan amerikalik Jaron Ennis haqida o‘z fikrini bildirdi.
“Ennis iqtidorli, kuchli va texnik jangchi. Ilgari ham vazni katta edi, shuning uchun yuqori vaznga chiqish unga qiyin bo‘lmaydi. Barcha raqiblar bilan tengma-teng jang qila oladi. Bu, albatta, tayyorgarlik, dieta va psixologik holatiga bog‘liq”, — dedi G‘iyosov.
Bakradze Iman
Redaktor