Gennadiy Golovkin World Boxing tashkilotining yangi prezidenti etib saylandi
Unga ko‘ra, vitse-prezidentlik kanadalik Ryan O’Sheaga topshirildi.
ФОТО: Getty images
Italiyaning Rim shahrida World Boxing tashkilotining kongressi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu kongressda tashkilotga yangi prezident saylandi.
Yagona nomzod bo‘lgan Gennadiy Golovkin World Boxing tashkilotining yangi prezidenti etib tayinlandi.
Tashkilot rahbarligiga qozog‘istonlik sobiq bokschi saylangan bo‘lsa, vitse-prezidentlik kanadalik Ryan O’Sheaga topshirildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist