Feruza Kazakova Jahon chempionatini bronza medal bilan yakunladi
O'zbek bokschisiga biroz omad yetishmadi.
photo: boxing Uzbekistan
Angliyaning Liverpul shahrida boks bo'yicha Jahon chempionati bahslari bo'lib o'tmoqda.
O'zbekiston milliy jamoasi bokschilari ushbu turnirda munosib ishtirok etmoqda.
Feruza Kazakova Jahon chempionatini bronza medal bilan yakunladi. Bokschimizga -51 kg vaznda, turkiyalik Olimpiada o‘yinlari sovrindori Buse Naz Chakirogluga qarshi bahsda biroz omad yetishmadi.
Oldinda bir qator uchrashuvlar bo'lib o'tishi va unda o'zbek bokschilari ringga ko'tarilishi rejalashtirilgan. Turnir haqidagi eng so'nggi xabar va yangiliklarni sports24.uz sayti orqali kuzatib boring.
Ibrohim Jalolov
Redaktor