Feruza Kazakova jahon chempionati finalchisi ustidan g‘alaba qozondi!
O‘zbekistonlik bokschi yarim finalga yo‘l oldi
Rasm: boxing.uz
Bugun, 3 iyul kuni musobaqaning to‘rtinchi kunida Feruza Kazakova katta yutuqqa erishdi. -54 kg vazn toifasida u chorak finalda Xitoy Taypeyi vakili — ikki karra jahon chempioni va Olimpiada finalchisi Huang Hsiao-Wenga qarshi ringga chiqdi.
Katta tajribaga ega raqibaga qarshi juda murosasiz jang kechdi. Tomoshabop to‘qnashuv 3:2 hisobida Feruzaning foydasiga hal bo‘ldi va u yarim finalga yo‘l oldi.
Bu g‘alaba Feruzaning yuqori darajadagi tayyorgarligini yana bir bor namoyon etdi.
Bakradze Iman
Redaktor