Fazliddindan nokdaun. Yana bir oltin medalni qo'lga kiritdik!
PHOTO: Telegram
Braziliyada bo'lib o'tayotgan jahon chempionatining hal qiluvchi janglari davom etmoqda. Hal qiluvchi bahslarda O’zbekiston boks terma jamoasi a’zolari ham munosib qatnashmoqda.
Bu safar yana bir bokschimiz Fazliddin Erkinboyev ham World Boxing tashkiloti kubogi g'olibiga aylandi. -75 kg vazn toifasida ringga ko'tarilgan boksimiz Braziliyalik mezbon sportchi Kaye Belinini ortiqcha qiyinchiliklarsiz, yirik 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. E'tiborlisi, hamyurtimiz jang davomida raqibini nokdaun holatiga ham tushirishga ulgurdi.

Musobaqa tafsilotlarni sports24.uz orqali kuzatib boring.
Ibrohim Jalolov
Redaktor