Farzona Fozilova jahon kubogining uchinchi kunida musobaqani tark etdi
Olimpiada sovrindoriga qarshi jangda mag'lubiyat
Rasm: boxing.uz
Ostonada davom etayotgan boks bo'yicha jahon kubogining uchinchi kunida o'zbekistonlik sportchi Farzona Fozilova o'z ishtirokini yakunladi.
-48 kg vazn toifasida jang qilgan Fozilova qozog'istonlik Olimpiada sovrindori Nazim Kizaibayga qarshi ringga chiqdi. Jangda tajribali raqib ustun kelib, hamyurtimiz 0:5 hisobida yutqazdi.
Farzona Fozilova shu tariqa musobaqa bilan xayrlashdi.
Bakradze Iman
Redaktor