locale OZ

EUBC Iman Helifning faoliyatini to'xtatish qarorini ijobiy baholadi

Kirill Shchekutyev bu holat boks uchun foydali ekanini ta'kidladi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Yevropa boks konfederatsiyasi (EUBC) bosh kotibi Kirill Shchekutyev olimpia chempioni, jazoirlik Iman Helifning faoliyatini vaqtincha to'xtatish haqidagi yangilikka munosabat bildirdi.

Avvalroq sobiq murabbiyi va menejeri Nasser Yesfah, Helif Parij–2024 Olimpiadasidan so'ng mashg'ulotlarga qaytmaganini ma'lum qilgan edi. Eslatib o'tamiz, sportchi ishtirok etgan ushbu musobaqa katta bahs-munozaralarga sabab bo'lgan. Chunki undan bir yil oldin Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) uni gender testdan o'ta olmagani uchun jahon chempionatidan chetlatgan edi.

«Bu mavzuda izoh berishda ehtiyotkorlik kerak. Lekin men bu qarorni ijobiy baholayman. Helifsiz boks faqat yutadi. Shu vazn toifasidagi qizlar endilikda turli adolatsizliklarga duch kelmaydi», — dedi Shchekutyev intervyusida.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting