Entoni Joshua Kroufordning “Kanelo”ga qarshi jangdagi imkoniyatlarini baholadi
FOTO: Getty Images
Og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua 13-sentyabr kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan Saul Alvares va Terens Krouford o'rtasidagi jang haqida fikr bildirdi.
“Kim yaxshiroq? Bilmayman... Isroil Madrimovga qarshi jangda Krouford hammamiz kutgandek jang qila olmadi. Bilmayman, imkoniyat 50-50. Men bashorat qila olmayman”, - deydi Joshua.
Eslatib o'tamiz, Isroil Madrimov va Terens Krouford o'rtasidagi jang o'tgan yilning avgust oyida Los-Anjelosda bo'lib o'tgan va unda Krouford ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist