locale OZ

Elshod Rasulov boshchiligidagi O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ayni kunlarda Turkiyaning Kastamonu shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda

Ushbu yig‘in Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlikning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Shundan so‘ng, terma jamoamiz Yaponiyaga yo‘l oladi.
Elshod Rasulov boshchiligidagi O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ayni kunlarda Turkiyaning Kastamonu shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda
photo: gettyimages

Elshod Rasulov boshchiligidagi O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ayni kunlarda Turkiyaning Kastamonu shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda. Mashg‘ulotlar 11 sentyabrga qadar davom etadi.

Ushbu yig‘in Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlikning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Shundan so‘ng, terma jamoamiz Yaponiyaga yo‘l oladi.

Nasib qilsa, ayollar terma jamoamiz ham Osiyo o‘yinlarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, yuqori natijalar qayd etishga harakat qiladi.

Tarkibimiz bilan tanishing:

-48 kg: Farzona Fozilova
-51 kg: Feruza Kazakova
-51 kg: Gulsevar Ganiyeva
-54 kg: Nigina O‘ktamova
-57 kg: Uzukjamol Yunusova
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova
-60 kg: Sitora Turdibekova
-60 kg: Mohira Ahmedova
-65 kg: Navbahor Hamidova
-70 kg: Aziza Zokirova
-75 kg: Rayhona Qurbonboyeva
-75 kg: Oysha Toirova
-80 kg: Ruxshona Parpiyeva

Murabbiy: Elshod Rasulov, Barbaro Fernandez Ximenez, Islom Tadjiboyev, Istam Kabinov, Shahzoda Umarova.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting