locale OZ

Ehhe! Jangi \"Tottenham Hottspur Stadium\"da o‘tadigan ikki britaniyalikning gonorari e’lon qilindi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ehhe! Jangi "Tottenham Hottspur Stadium"da o‘tadigan ikki britaniyalikning gonorari e’lon qilindi
PHOTO: Telegram

26 aprel kuni Buyuk Britaniyaning London shahrida katta professional boks turniri bo‘lib o‘tadi.

"Tottenxem" klubiga tegishli "Tottenham Hottspur Stadium"da o‘tadigan oqshomning asosiy jangida ikki britaniyalik bokschilar - Kris Yubenk va Konor Benn o‘zaro to‘qnash keladi. O‘rta vazn toifasi vakillarining o‘zaro jangiga bo‘lgan qiziqish juda yuqori.

Kris Yubenk va Konor Benn faoliyatlaridagi eng katta gonorarni ham aynan britan derbisidagi janglaridan olishadi. Yubenk 13,3 mln, Benn esa 10,6 mln AQSH dollari miqdorida kafolatlangan gonorarga ega bo‘ladi. Bu summaga juda ko‘p mashhur chempionlar havas qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kris Yubenk o‘zining so‘nggi jangini 2024 yilning oktyabr oyida Kamil SHeremetga qarshi o‘tkazib, raqibini ettinchi raundda texnik nokautga uchratgandi. Benn esa 2024 yilning fevralida Piter Dobsondan ochkolar hisobiga ko‘ra ustun kelgan edi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting