Dyubua IBF chempionligi uchun jangdan bosh tortdi
Sobiq chempion soʻnggi janggini Aleksandr Usikka qarshi oʻtkazgandi.
FOTO: Getty Images
Sobiq jahon chempioni Daniel Dyubua Frank Sanchesga qarshi jangdan voz kechdi.
BoxingScene xabariga ko‘ra, Dyubua IBF yo‘nalishi bo‘yicha majburiy da’vogarlik uchun Sanches bilan ringga chiqmaydi.
Dyubua bundan oldin Filip Xrgovich, Mozes Itauma, Richard Torres va Efe Adjagba qarshi jangni ham rad etgan edi.
O‘zining so‘nggi jangida Dyubua Aleksandr Usikdan mag‘lubiyatga uchragan. Ukrainalik bokschi shu g‘alaba evaziga ikkinchi bor super og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo‘lgandi.
Eslatib oʻtamiz, shu haftada 38 yoshli Usik WBO kamaridan voz kechdi va super og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni maqomini yo‘qotdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist