locale OZ

Doʻsmatov va Bibosinov Xabarovskda yana toʻqnash kelishlari mumkin

Boks
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Doʻsmatov va Bibosinov Xabarovskda yana toʻqnash kelishlari mumkin
FОТО: Olympic.com

Ertaga, 15-aprel kuni Rossiyaning Xabarovsk shahrida start oladigan boks bo'yicha xalqaro xotira turniriga qur'a tashlandi.

-54 kg vazn toifasida ringga ko'tariladigan hamyurtimiz Hasanboy Do'smatov yana bir bor o'zining azaliy raqibi Saken Bibosinovga qarshi to'qnash kelib qolishi mumkin.

Do'smatov ilk davrada tojikistonlik Hasan Salohiddinov bilan bellashadi. Hamyurtimiz ushbu raqib to'sig'idan o'ta olsa, unga ukasi Faryozbek Do'smatov raqiblik qilishi kerak.

Ushbu juftlik g'olibi esa yarim finalda qozog'istonlik bokschi Saken Bibosinovga qarshi jang qilishi mumkin.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting