Bugundan “Thailand Open” yarim final janglari boshlanadi
Tailandda o'tayotgan “Thailand Open” xalqaro turniri qizg'in pallaga kirib bormoqda. Bugun va ertaga musobaqaning final oldi — yarim final bahslari bo'lib o'tadi. Kun davomida O'zbekiston terma jamoasining 7 nafar vakili ringga ko'tariladi.
Quyidagi juftliklar jang olib boradi:
48 kg: Farzona Fozilova — Olga Shalimova (Ukraina) — 12:00
54 kg: Feruza Kazakova — Apisada Tantava (Tailand) — 12:45
65 kg: Navbahor Hamidova — Liu Yang (Xitoy) — 13:00
55 kg: Faryozbek Do'smatov — Islam Torobaev (Qirg'iziston) — 13:30
90 kg: Elyorbek Jo'raboev — Naman Tanvar (Hindiston) — 14:15
51 kg: Sabina Boboqulova — Yaroslava Marinchuk (Ukraina) — 15:00
+90 kg: Abdurahmon Rustamov — Anshul Gill (Hindiston) — 17:00
Janglarning birinchi bloki Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da boshlanadi, ikkinchi blok esa 15:00 da start oladi.

