Boksda hal qiluvchi kun: 7 nafar o‘zbekistonlik finalda!
Bugun, 16 may kuni World Boxing tashkiloti kubogi final bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda yurtdoshlarimiz sharafini 7 nafar bokschi himoya qiladi. Final janglari ikki qismga bo‘lingan holda tashkil etiladi: birinchi dastur Toshkent vaqti bilan 15:00 da, ikkinchisi esa 20:00 da start oladi.
Quyida final juftliklari bilan tanishing:
-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov — Bilguunsaikhan Kharkhu (Mo‘g‘iliston) — 16:45
-65 kg: Asadxuja Mo‘ydinxujaev — Viktorio Iliev (Bolgariya) — 17:00
-80 kg: Javohir Ummataliev — Alfred Kommey (Italiya) — 17:15
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova — Julia Szeremeta (Polsha) — 20:15
-75 kg: Fazliddin Erkinboev — Rami Kivan (Bolgariya) — 21:30
-85 kg: Akmaljon Isroilov — Yakub Straszevski (Polsha) — 21:45
+92 kg: Jahongir Zokirov — Omar Shiha (Norvegiya) — 22:15
Jang vaqtlarida taqdirlash marosimiga qarab o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.

