Bokschilarimiz xalqaro yig‘inda tajriba orttiradi
15–26 avgust kunlari Xitoyning Xebey shahrida kichik o‘smirlar, o‘smirlar va yoshlar terma jamoamiz a’zolari xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etadi. Bokschilarimiz bugun tunda Chin yurti sari yo‘l olishadi. Ushbu yig‘in ularni muhim xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikdan o‘tkazish uchun xizmat qiladi.
Kichik o‘smirlar va o‘smirlar tarkibi:
Shohjahon Baxtiyorov, Muhammadqodir Baxtiyorov, Hasan Salomov, Abdulaziz Abdurahmatov, Jahongir Usmonqulov, Hadyatulloh Sa’dullayev, Yahyo Komilov, Kamron Bahodirov, Abduvoris Rahimjonov, Imron Ismoilov, Zulfikor Murodjonov, Rahmonali Samadov.
Murabbiylar: Sherzod Parpiyev, Najmiddin Axatov.
Qizlarimiz tarkibi:
Maftuna Musurmonova, Muxtasar Alieva, Sevinch Mo‘ydinxo‘jaeva, Madina Safarova, Rahima Bekniyazova, Farangiz To‘lqinova, Robiya Ravshanova, Ruxshona Erkinboeva, Sevara Mamatova, Maftuna Yangieva, Ruxshona Parpiyeva, Sobiraxon Shaxobiddinova.
Murabbiylar: Abror Qaraboyev, Bobur Kattaqulov.