locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Bokschilarimiz shugʻullanayotgan Yangioboddagi sport bazasi va terma jamoa mashgʻulotlari koʻzdan kechirildi

Boks 24 iyn 2025 da 08:05
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Журналист
Bokschilarimiz shugʻullanayotgan Yangioboddagi sport bazasi va terma jamoa mashgʻulotlari koʻzdan kechirildi
FOTO: Olympic.uz

Ayni kunlarda Oʻzbekistonning erkaklar va ayollar boks boʻyicha terma jamoalari Toshkent viloyatining Angren shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini olib bormoqda. Bugun Sport vazirligi va Milliy olimpiya qoʻmitasi rahbariyati “Yangiobod” sport bazasiga tashrif buyurib, terma jamoa mashgʻulotlarini kuzatdi hamda sportchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida rasmiylar murabbiylar shtabi bilan uchrashib, joriy yildagi asosiy musobaqalar, tayyorgarlik rejasi va jamoa holati borasida fikr almashishdi. Oʻzbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Saken Polatov yigʻinga oid batafsil maʼlumot berdi. Shuningdek, sportchilar bilan alohida suhbatlar oʻtkazilib, ularning ruhiy holati va jismoniy tayyorgarligi oʻrganildi.

Ahamiyatlisi, hozirda Ukraina erkaklar va ayollar terma jamoasi toʻliq tarkibda ushbu sport bazasida yigʻin oʻtkazmoqda. Mutasaddilar xorijlik sportchilar bilan ham suhbatlashib, ularning mashgʻulot jarayoni va yaratilgan imkoniyatlar haqida fikr almashishdi.

Tashrif davomida rasmiylar 32 yoshni qarshi olgan ikki karra Olimpiada chempioni Hasanboy Doʻsmatovni tabriklab, unga mustahkam sogʻlik va yangi muvaffaqiyatlar tilashdi. Shuningdek, zamonaviy qulayliklarga ega yana bir zal qurish masalalari ham koʻrib chiqildi.

Yakunda mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, infratuzilmani yaxshilash hamda tayyorgarlik samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli masʼullarga aniq topshiriqlar berildi.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting