locale OZ

Bokschi qizlarimiz Jahon kubogida qatnashish uchun Astanaga yetib borishdi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bokschi qizlarimiz Jahon kubogida qatnashish uchun Astanaga yetib borishdi
FOTO: Olympic.uz

30-iyun – 7-iyul kunlari Qozogʻistonning Astana shahrida boks boʻyicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston boks federatsiyasi mazkur musobaqada Elshod Rasulov boshchiligidagi ayollar terma jamoamiz ishtirok etishini maʼlum qildi. Jamoa bugun Astanaga yetib bordi.

Musobaqada qatnashadigan tarkibimiz quyidagicha:

-48 kg: Farzona Fozilova

-51 kg: Sabina Boboqulova

-54 kg: Feruza Kazakova

-57 kg: Xumora Maʼmajonova

-60 kg: Sitora Turdibekova

-65 kg: Navbahor Hamidova

-75 kg: Aziza Zokirova

-80 kg: Sohiba Roʻzmetova

+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting