Boks. Yakunlangan 2025 yil o‘zbek boksi uchun ancha omadli keldi desak bo‘laveradi, Osiyo va Jahon arenalarida yana bir bor tengsizligimizni isbotladi
Yakunlangan 2025 yil o‘zbek boksi uchun ancha omadli keldi desak bo‘laveradi, Osiyo va Jahon arenalarida yana bir bor tengsizligimizni isbotladik. Kattalar terma jamoamiz yil davomida ikki Jahon chempionatida ishtirok etdilar.
Hozir sizni 2025 yilda turli yosh toifasidagi terma jamoalarimiz tomonidan qo‘lga kiritilgan natijalar bilan tanishtirib o‘tamiz:
1. O‘smirlar ishtirokida xalqaro turnir. (Rossiya,Tambov shahri)
10 ta oltin
2 ta kumush
Umumjamoa hisobida birinchi o‘rin.
2. O‘smirlar va yoshlar o‘rtasida “Dracula” xalqaro turniri. (Ruminiya)
3 ta oltin
1 ta kumush
3. 76 “Strandja” xalqaro turniri. (Bolgariya, Sofiya)
5 ta oltin
1 ta kumush
2 ta bronza
4. Ayollar o‘rtasida Jahon chempionati. IBA. (Serbiya,Nish)
1 ta kumush
3 ta bronza
5. World Boxing tashkiloti kubogi. Birinchi bosqich.
(Braziliya, Fos-du-Iguasu)
5 ta oltin
2 ta kumush
1 ta bronza
Umumjamoa hisobida birinchi o‘rin.
6. “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turniri. (Ozarbayjon, Boku)
2 ta oltin
3 ta kumush
7 ta bronza
7. “Konstantin Korotkov” xalqaro xotira turniri. (Rossiya, Xabarovsk)
4 ta oltin
5 ta kumush
7 ta bronza
8. O‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati. (Iordaniya, Amman)
15 ta oltin
15 ta kumush
12 ta bronza
9. “Feliks Stamm” xalqaro xotira turniri. (Polsha, Varshava)
6 ta oltin
1 ta kumush
2 ta bronza
10. “Thailand Open” xalqaro turniri. (Tailand, Bangkok)
5 ta oltin
4 ta kumush
7 ta bronza
Umumjamoa hisobida birinchi o‘rin!
11. "Eyndxoven kubogi" bahslari. (Niderlandiya, Eyndxoven)
2 ta oltin
1 ta kumush
12. "Qirg‘iziston gavhari" sport o‘yinlari. O‘smirlar. (Qirg‘iziston, Cho‘lpon-Ota)
7 ta oltin
13. World Boxing tashkiloti kubogi. Ikkinchi bosqich. (Qozog‘iston, Astana)
1 ta oltin
4 ta bronza
14. U-19 U-22 Osiyo chempionati. (Tailand, Bangkok)
U-19
7 ta oltin
3 ta kumush
3 ta bronza
U-22
8 ta oltin
6 ta kumush
4 ta bronza
Umumjamoa hisobida birinchi o‘rin!
15. Jahon chempionati. (Angliya, Liverpul)
6 ta oltin
2 ta kumush
3 ta bronza
16. “MDH” o‘yinlari. Yoshlar. (Ozarbayjon)
10 ta oltin
5 ta kumush
5 ta bronza
Umumjamoa hisobida birinchi o‘rin!
17. Osiyo o‘yinlari. Yoshlar. (Bahrayn, Manama)
5 ta oltin
3 ta kumush
2 ta bronza
Umumjamoa hisobida birinchi o‘rin!
18. Islom birdamlik o‘yinlari. (Saudiya Arabistoni, Ar-Riyod)
3 ta oltin
1 ta kumush
2 ta bronza
19. World Boxing tashkiloti kubogi. Final bosqichi. (Hindiston, Nyu-Deli)
4 ta oltin
5 ta kumush
4 ta bronza
20. Erkaklar o‘rtasida Jahon chempionati. IBA. (Birlashgan Arab Amirliklari, Dubay)
2 ta oltin
4 ta kumush
3 ta bronza
Barcha yosh toifasidagi terma jamoalarimiz 2025 yilda 20 dan ortiq turli Xalqaro turnir va musobaqalarda ishtirok etdilar. Ushbu birinchiliklarda 100 dan ortiq oltin medallar qo‘lga kiritildi.
Bundan tashqari, respublikamizning yetakchi brendlaridan HAVAL avtokompaniyasi, sentyabr oyidan boshlab O‘zbekiston boks federatsiyaning rasmiy hamkoriga aylandi. HAVAL sport va sog‘lom turmush tarzini faol qo‘llab-quvvatlaydi. Shu jumladan bokschilarimizning g‘alabalariga o‘zlarining hissalarini qo‘shib kelishmoqda.