Boks. Terma jamoamiz a'zolari xalqaro turnirda ishtirok etadi
2-8 dekabr kunlari Belarus davlati Minsk shahri boks bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida V.I.Liventsev xotirasiga bag‘ishlangan XXII xalqaro xotira turnirida ringga ko‘tariladi. Ushbu turnirda ikki terma jamoamiz bokschilari ham qatnashadilar.
Tarkibimiz bilan tanishing:
Erkaklar:
-54 kg. Faryozbek Do‘smatov
-60 kg. Shohruh Abdumalikov
-67 kg. Lazizbek To‘lqinov
-75 kg. Xusan Rixsiboyev
-80 kg. Samandar Jalolov
-86 kg. Abdulaziz Abdurahmonov
Ayollar:
-48 kg. Jasmin Tohirova
-50 kg. Robiya Baxtiyorova
-52 kg. Muxlisa Xushvaqtova
-54 kg. Aziza Yoqubova
-60 kg. Mushtariybonu Ibrohimjonova
-63 kg. Dilfuza Bekova
-70 kg. Oysha Toirova
-75 kg. Mavluda Mavlonova
-81 kg. Ruxshona Parpieva
Murabbiylar: Azim Xudayqulov, Barbaro Fernandez Ximenez, Jamol Po‘latov, Javlon Eshmatov, Yusufjon Tursunov.
Musobaqada Jahongir Soliyev hakam sifatida faoliyat olib boradi.