Boks. Terma jamoamiz a’zolari Islom birdamlik o‘yinlariga jo‘nab ketdi
7-21 noyabr kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahri VI Islom birdamlik o‘yinlariga mezbonlik qiladi.
photo: boks Uzbekistan
7-21 noyabr kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahri VI Islom birdamlik o‘yinlari kompleks musobaqalariga mezbonlik qiladi. Ushbu turnirda kattalar terma jamoamiz a’zolari ham ishtirok etadilar. Ar-Riyodda boks bahslari nisbatan ertaroq, ya’ni 5-10 noyabr kunlariga belgilangan.
Tarkibimiz bilan tanishing:
Erkaklar:
-60 kg. Madiyar Daniyarov
-65 kg. Abdulloh Madaminov
-70 kg. Samandar Habibullayev
Murabbiylar: Akmal Hasanov, Ramzjon Axmedov.
Ayollar:
-51 kg. Zilolaxon Yusufova
-54 kg. Uzukjamol Yunusova
-57 kg. Xumorabonu Mamajonova
-60 kg. Odinaxon Ismoilova
-65 kg. Moxira Ahmedova
Murabbiylar: Islom Tadjibayev, Akmal Qosimov.
Ibrohim Jalolov
Redaktor