locale OZ

Boks. O‘zbekistonlik yosh bokschilar Osiyo chempionatini birinchi o‘rinda yakunladi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Boks. O‘zbekistonlik yosh bokschilar Osiyo chempionatini birinchi o‘rinda yakunladi
Photo: Boxing Uzbekistan

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Tailandning Bangkok shahrida Yoshlar va 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar ishtirokida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bugun musobaqaning yoshlar (U-19) o‘rtasidagi final bahslari bo‘lib o‘tdi.

Yakunlarga ko‘ra, jamoamiz 7 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan musobaqani yakunladi. Ushbu natija bilan ular qit’ada tengsizligini yana bir bor isbotlashdi. Bizdan keyin Hindiston va Xitoylik bokschilar o‘rin egallashdi.

G‘olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:

Oltin medal!
-65 kg. Jahongir Zayniddinov
-70 kg. Abdulaziz Jo‘raqulov
-80 kg. Norbek Abdullayev
-85 kg. Samir Sobirov
+90 kg. Islam Saliҳov
-60 kg. Sevara Mamatova
+81 kg. Sobiraxon Shahobiddinova

Kumush medal:
-75 kg. Muhammadjon Yaqubboev
-48 kg. Maftuna Musurmonova
-70 kg. Rayhona Qurbanboeva

Bronza medal:
-60 kg. Abdurahmon Mahmudjonov
-75 kg. Maftuna Yangieva
-81 kg. Rukhshona Parpiyeva

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting