locale OZ

Boks. O'zbekistonlik bokschilar xalqaro musobaqani 6 ta oltin medal bilan yakunladi

22-27 aprel kunlari Belarusning Minsk shahri Belarus Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy V.V. Botvinnik xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro ochiq turnirga mezbonlik qildi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Boks. O'zbekistonlik bokschilar xalqaro musobaqani 6 ta oltin medal bilan yakunladi
photo: boks Uzbekistan

Bokschilarimiz xalqaro turnirni 6 ta oltin bilan yakunladi.

22-27 aprel kunlari Belarusning Minsk shahri Belarus Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy V.V. Botvinnik xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro ochiq turnirga mezbonlik qildi. Unda ishtirok etgan, 2010-2011 yilda tug‘ilgan bokschilarimiz, 6 ta oltin, 5 kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kirtishdi.

G‘olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:

Oltin medal:
-46 kg. Abdulloh Ziyavitdinov
-52 kg. Islombek Furqatov
-54 kg. Og‘abek Otamurodov
-46 kg. Rayhona Alimxanova
-50 kg. Nafisa Bosimova
-54 kg. Sabina Mirzayeva

Kumush medal:
-48 kg. Mustafo Tursunboyev
-50 kg. Ilyos Zarifboyev
-57 kg. Hojiakbar Mirzamahmudov
-60 kg. Ulug‘bek Soliyev
-63 kg. Abdurahmon Murtazayev

Bronza medal:
-75 kg. Amirxon Salohiddinov

Murabbiylar: Mo‘minjon Ahmedov, Aliyor Noraliyev, Nodirjon Irgashev.

Hakam: Jahongir Soliyev.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting