locale OZ

Boks. O‘zbekiston va Qozog‘iston bokschilari ishtirokida bayram kechasi tashkil etildi

Toshkent katta xalqaro qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga mezbonlik qildi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Boks. O‘zbekiston va Qozog‘iston bokschilari ishtirokida bayram kechasi tashkil etildi
photo: boks Uzbekistan

Xabaringiz bor, Toshkent katta xalqaro qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga mezbonlik qildi. Unda Qozog‘istonning birinchi va ikkinchi raqamli bokschilari, o‘zimizning terma jamoamiz vakillari bilan birgalikda mashg‘ulotlar olib borishdi.

Kuni kecha, ushbu yig‘in o‘z yakuniga yetdi. Ko‘taringki ruhda o‘tgan mashg‘ulotlar va sparinglar o‘zaro tajriba almashish uchun muhim imkoniyat bo‘ldi.

Yig‘in yakunida bo‘lsa, kecha mehmonlar uchun haqiqiy O‘zbekona mehmondo‘stlik sifatida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda, ikki davlat sportchilari va murabbiylar ishtirok etishdi.

Dasturxon yozilib, samimiy suhbatlar davom ettirildi. Sahnadagi xonandalar bo‘lsa davraga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Yakunda mehmon murabbiylar va bokschilar so‘zga chiqar ekan, iliq taassurotlar bilan ortga qaytayotganliklarini ta’kidlashdi.

Tadbir so‘nggida, Qozog‘istonlik sportchi va murabbiylarga esdalik sovg‘alari va zar choponlar topshirildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting