locale OZ

Boks. O‘smirlar ishtirokidagi yarim finallar ham yakunlandi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Boks. O‘smirlar ishtirokidagi yarim finallar ham yakunlandi
PHOTO: Telegram

Bugun Osiyo chempionatining U-17 ishtirokchilari uchun yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi. Ushbu bosqichga 19 nafar bokschimiz etib kelgan edi. Janglardan so‘ng esa, ulardan 15 tasi final yo‘llanmasini naqd qilishdi. Qolgan 4 vakilimizda bronza medallari. Umumjamoa hisobida vakillarimiz birinchi bo‘lishdi. Bizdan keyin Qozog‘iston terma jamoasi 12 nafar ishtirokchi bilan. Uchlikni 7 ta bokschi bilan Ukraina yakunladi.

Hal qiluvchi bosqichga yo‘l olgan bokschilarimiz bilan tanishing:

O‘smirlar:
-48 kg. Habibulla Saynazarov
-54 kg. Bobomurod Boymirzayev
-57 kg. Asilbek Abduqodirov
-60 kg. Abrorbek Sharipov
-63,5 kg. Saidxo‘ja Sa’dillaxo‘jayev
-70 kg. Diyorbek Murodilloyev
-75 kg. Xurshidbek Jo‘raev

O‘smir qizlar:
-48 kg. Nazokat Mardonova
-50 kg. SHodiyona Meliqo‘ziyeva
-54 kg. Sabrina Chakomanova
-57 kg. Farzuna Ro‘ziyeva
-60 kg. Rushanabonu Isoyeva
-70 kg. Ulbosin Jalgasbayeva
-75 kg. Samira Turg‘unova
-80 kg. Mavjuda Abdusaidova

Bronza medali sohiblari:
-52 kg. Asadbek Esonboyev
+80 kg. Artur Kenesbayev
-52 kg. Qumriniso Muhammadova
+80 kg. Sohibaxon Xudoyberdiyeva

29-30 aprel kunlari final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting