locale OZ

Boks. Osiyo chempionatining chorak final bahslari yuqori saviya va keskin raqobat ostida davom etmoqda

Turnir Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasining zamonaviy “Yakkakurashlar” arenasida bo'lib o'tmoqda.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Boks. Osiyo chempionatining chorak final bahslari yuqori saviya va keskin raqobat ostida davom etmoqda
photo: boks Uzbekistan

Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasining zamonaviy “Yakkakurashlar” arenasida kichik o‘smirlar va o‘smirlar o‘rtasida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining chorak final bahslari yuqori saviya va keskin raqobat ostida davom etmoqda.

Musobaqaning navbatdagi kungi bellashuvlarini kuzatish maqsadida O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, "Asian Boxing" tashkiloti vitse-prezidenti Saken Polatov hamda O‘zbekiston boks federatsiyasi Bosh kotibi, “Asian Boxing” tashkiloti musobaqalarni o‘tkazish komissiyasi raisi Shohid Tillaboyev yana bir bor arenaga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Saken Djettibayevich va Mirshohid Gapparjanovich chempionat doirasida o‘tayotgan murosasiz va shiddatli janglarni bevosita kuzatar ekan, musobaqaning tashkiliy ishlari, hakamlik jarayonlari hamda ishtirokchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham yaqindan tanishib, ularga omad tiladi.

Shuningdek, u xalqaro va mahalliy hakamlar, tashkilotchilar hamda rasmiy shaxslar bilan uchrashib, yurtimizda yuqori darajada tashkil etilgan qit’a chempionatining borishi yuzasidan fikr almashdi.

Qayd etish joiz, Toshkent mezbonlik qilayotgan mazkur nufuzli musobaqa nafaqat yosh iste’dodlarni kashf etish, balki O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting