locale OZ

Boks. Osiyo chempionati. Kunni to‘liq g‘alaba bilan yakunladik

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Boks. Osiyo chempionati. Kunni to‘liq g‘alaba bilan yakunladik
Photo: Boxing Uzbekistan

Xabaringiz bor, 30 iyuldan 12 avgustgacha Tailandning Bangkok shahri 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Navbatdagi kun doirasida 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilarimiz o‘z bahslarini o‘tkazdi.

-48 kg vaznda Robiya Baxtiyorova filippinlik Ofeliya Magnoni 5:0 hisobida mag‘lub etdi;

-51 kg vaznda Gulsevar Ganieva hindistonlik Devika Gorpadedan 5:0 hisobida ustun keldi;

-57 kg vaznda Xumorabonu Mamajonova qozog‘istonlik Viktoriya Baydukovani 3:2 hisobida taslim qildi;

-50 kg vaznda Behruz Xoldorov hindistonlik Vishvanat Suresh ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi;

-55 kg vaznda Samandar Olimov qozog‘istonlik Beksultan Boranbekka hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 5:0;

-60 kg vaznda Shohrux Abdumalikov nepalik Indra Sunarni qiynchiliklarsiz mag‘lub etdi - 5:0;

-65 kg vaznda Sayat Ilyasov Xitoy vakili Ming Chenni 5:0 hisobida yengdi;

-70 kg vaznda Muhammadazizbek Ismoilov janubiy koreyalik Gyubin Parkni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra taslim qildi - 5:0.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting