Boks. Olimpiya shaharchasining “Yakkakurashlar” arenasida kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati davom etmoqda
Olimpiya shaharchasining “Yakkakurashlar” arenasida kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati davom etmoqda.
Bugunga kelib, chorak final bahslariga start berildi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi tomonidan janglarning adolatli, shaffof o‘tishini ta’minlash uchun xorijdan hakamlarni taklif etish yo‘lga qo‘yilgan edi. Mazkur chempionatda ham ushbu an’ana davom etdi va 9 nafar hakam hamda 1 nafar nazoratchi (supervayzer) ushbu bosqichdan ishga kirishdilar.
Nazoratchi:
Sima Viorel Emil (Ruminiya)
Hakamlar:
Rami Adnan Sabri(Iordaniya)
Batsukx Boldbat (Mangoliya)
Pastor Arreaga Emerson Alexandro (Guatemala)
Mufassir Said (Marokash)
Pitsarro Valdes Xulio Anxel (Puerto-Riko)
Suilmi Muxsin (Marokash)
Masiyambumbi Stiven (Zimbabve)
Morales Xaver Mariya Del Pilar (Meksika)
Babai Shandor (Vengriya)