Boks. Javohir Ummataliev polshalik raqibini qiynchiliklarsiz mag'lub etdi
Фото: Boxing Uzbekistan
4-14 sentabr kunlari Angliyaning Liverpul shahri World Boxing shafeligida ilk bor o'tkazilayotgan kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati bahslariga mezbonlik qilmoqda.
60 davlatdan 500 dan ortiq bokschilar dunyo birinchiligida ringga ko'tarilmoqdalar.
-80 kg vaznda bo'lib o'tgan bahsda, Javohir Ummataliev polshalik Nikodem Kozakni qiynchiliklarsiz mag'lub etdi.
Bahs davomida u raqibini nokdaunga ham tushirib qo'ydi. 5:0.
Javohir endi 9 sentabr kuni chorak finalga o'tish bahsida ringga ko'tariladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist