Boks. Jalolov va Holmatov tarozidan o'tib olishdi. Ertaga jang!
FOTO: Top Rank Boxing
Ertaga Qozog'istonning Astana shahrida Top Rank promouterlik kompaniyasi tomonidan professional boks oqshomi tashkil etiladi.
Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu turnirda ikki nafar o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi - super og'ir vazn toifasi vakili Bahodir Jalolov hamda yarim yengil vazn toifasida WBA kamari uchun sobiq da'vogar Otabek Xolmatov ham o'z jangini o'tkazadi.
Bokschilarimiz bugun turnir oldidan vazn o'lchash hamda face to face marosimlarida ishtirok etishdi.
Tarozi natijalari:
Bahodir Jalolov (O'zbekiston, 14-0, 14 KO) - 114,10 kg
Otabek Xolmatov (O'zbekiston, 12-1, 11 KO) - 57, 4 kg.
Nasrullo Karimov
Jurnalist