locale OZ

Boks. Jahon kubogi. Ertadan bahslarga start beriladi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Boks. Jahon kubogi. Ertadan bahslarga start beriladi
PHOTO: Google

O’zbekiston erkaklar boks milliy terma jamoasi world boxing sha’feligida o’tkazilayotgan ushbu birinchilikda ilk bor ishtirok etadi. Musobaqa erkaklar va ayollar o’rtasida ham 10 ta vazn toifasida bo’lib o’tadi.

Erkaklar -50 kg, -55 kg, -60 kg, -65 kg, -70 kg, -75 kg, -80 kg, -85 kg, -90 kg, +90 kg

Ayollar -48 kg, -51 kg, -54 kg, -57 kg, -60kg, -65 kg, -70 kg, -75 kg, -80 kg, +80 kg

Turnir 6 kun davomida, ya’ni 31 martdan 5 aprelga qadar davom etishi rejalashtirilgan. Ushbu Jahon kubogida jami 19 davlatdan 130 dan ziyod bokschilar ishtirok etadi. Janglar Braziliyaning Fos-du-Iguasu shahridagi “Rafain Palace Hotel” mehmonxonasida o’tkaziladi. Bu mehmonxona avval mahalliy boks chempionatlariga mezbonlik qilgan. Janglar tafsiloti bilan saytimiz orqali xabar berib boramiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting