locale OZ

Boks. Jahon chempionatida 4 nafar o'zbek sportchilari navbatdagi g'alabalarini qo'lga kiritishdi

Liverpulda bo'lib o'tayotgan turnir o'zining qizg'in pallasiga kirib bormoqda.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Boks. Jahon chempionatida 4 nafar o'zbek sportchilari navbatdagi g'alabalarini qo'lga kiritishdi
photo: boxing Uzbekistan

Boks bo'yicha Angliyaning Liverpul shahrida bo'lib o'tayotgan Jahon chempionati o'zining qizg'in pallasiga kirib bormoqda.

To‘rabek Xabibullayev yarim finalga yo‘l oldi. Bokschimiz -90 kg vaznda yana bir qozog‘istonlik bokschi Sag‘indik Tog‘ambayga imkon qoldirmadi. 5:0.

Feruza Kazakova -51 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tgan bahsda, mo‘g‘ilistonlik Mungunsaran Balsanni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Xumorabonu Mamajonova -57 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, hindistonlik Jaisminega 0:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi va musobaqani chorak finalda yakunladi.

Navbahor Hamidova yarim finalda! Bokschimiz -65 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, mezbon Sacha Hikkeyni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting