Boks. Ertaga final bahslari bo'lib o'tadi
Osiyo o‘yinlarining boks bahslarida ertaga so‘nggi kun, ya’ni final janglari bo‘lib o‘tadi. Ushbu bosqichga yigitlarimizdan 3 nafari yetib keldi.
photo: boks Uzbekistan
Ertaga final!
Osiyo o‘yinlarining boks bahslarida ertaga so‘nggi kun, ya’ni final janglari bo‘lib o‘tadi. Ushbu bosqichga yigitlarimizdan 3 nafari yetib keldi.
Juftliklar bilan tanishing:
-90 To‘rabek Xabibullayev - Xan Syuechjen (Xitoy) 10:15
-60 kg: Abdumalik Xalokov - Jang Dongvan (Janubiy Koreya) 14:00
+90 kg: Jahongir Zokirov - Aybek Oralbay (Qozog‘iston) 14:30
Janglar Toshkent vaqti bilan ikki dasturda 09:00 va 13:30 da start oladi. Taqdirlash marosimiga qarab, uchrashuvlardagi vaqtlar o‘zgarib borishi mumkin.