locale OZ

Boks: Dusmatov va Fozilova yarim finalda!

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: boxing.uz

O‘zbekiston bokschilari Xitoydagi xalqaro musobaqada navbatdagi g‘alabalarini qayd etishmoqda.

-55 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Faryozbek Dusmatov hindistonlik Bartval Pavan ustidan yirik — 5:0 hisobidagi g‘alabaga erishib, yarim finalga yo‘l oldi.

Shuningdek, -48 kg vaznda harakat qilayotgan Farzona Fozilova ham chorak finalda indoneziyalik Merlin Tomatalani mutlaq ustunlik — 5:0 bilan mag‘lub etdi va musobaqaning yarim finaliga yo‘llanma oldi.

Ikki sportchimiz ham final yo‘lida yana bir g‘alaba uchun kurash olib boradi. Ularga omad tilaymiz!

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting