Boks. Dracula Open xalqaro turniri yakunlandi
Ushbu turnirda Saxida Yakubova hakam sifatida faoliyat olib bordi.
photo: boks Uzbekistan
“Dracula Open” xalqaro turniri yakunlandi.
15-22 fevral kunlari Ruminiyaning Braila shahri, an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Dracula Open” xalqaro turniriga mezbonlik qildi. Ushbu musobaqada ishtirok etgan o‘smirlarimiz 2 ta oltin 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. E’tiborlisi, vakilimiz Samandar Umarov turnirning “Eng yaxshi bokschisi” deb topildi.
G‘olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:
Oltin medal:
-52 kg. Oybek Alimjonov
-80 kg. Samandar Umarov
Bronza medal:
-46 kg. Yahyo Komilov
-48 kg. Holid Boborahimov
-57 kg. Asliddin Usubaliyev
+80 kg. Farhodjon Bahodirov
Murabbiylar: Elnur Abduraimov, Sherzod Parpiyev.
Ushbu turnirda Saxida Yakubova hakam sifatida faoliyat olib bordi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor