locale OZ

Boks. Chempionlarimiz tantanali kutib olindi

Yakunda sovrindorlarimizga zarchoponlar va gullar taqdim etildi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Boks. Chempionlarimiz tantanali kutib olindi
photo: boks Uzbekistan

5-11 noyabr kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahri VI Islom birdamlik o‘yinlari kompleks musobaqalarining boks bahslariga mezbonlik qildi. Ushbu musobaqada terma jamoamiz vakillari ham munosib ishtirok etishdi. Yakunlarga ko‘ra jamoamiz, 3 ta oltin, 1 kumush va 2 ta bronza medallariga egalik qildilar.

Bugun esa ular yurtimizga qaytib keldi. Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro ayeroportida Mudofaa vazirligi qoshidagi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi boshlig‘i, polkovnik Mansur Mamadaminov, O‘zbekiston boks federatsiyasi Marketing bo‘limi boshlig‘i Shaxboz Tavakkalov boshchiligida rasmiylar, OAV vakillari va sportchilarning yaqinlari tantanali ravishda kutib oldilar.

Rasmiylar sportchilarimizni yuqori natijalar bilan tabriklar ekan, ushbu nufuzli musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz yana bir bor yurtimizning dovrug‘ini ko‘klarga ko‘targanliklarini ta’kidladi.

Yakunda sovrindorlarimizga zarchoponlar va gullar taqdim etildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting