Boks. Braziliyada ilk medalni qo’lga kiritdik!
PHOTO: Telegram
Xabaringiz bor, Braziliya davlatida boks bo’yicha jahon chempionati bo’lib o’tmoqda. Unda O’zbekiston boks terma jamoasi a’zolari ham munosib tarzda ishtirok etmoqda.
-60 kg vazn toifasida yarim final uchrashuvlari bo’lib o’tdi. Ushbu vaznda ringga ko’tarilgan hamyurtimiz Madiyar Daniyarov mezbon sportchi Luiz Oliveyraga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv yakuniga ko’ra, hakamlarning qarori bilan mezbon sportchi 4:1 hisobida g’alaba qozondi. Bokschimiz bu mag’lubiyatdan keyin bronza medali bilan kifoyalanadigan bo’ldi.

Jahon chempionati bahslari davom etadi. Natijalarni saytimiz orqali kuzatib boring.
Ibrohim Jalolov
Redaktor