locale OZ

Boks. Braziliya. G’alaba va final!

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Boks. Braziliya. G’alaba va final!
PHOTO: Google

Ayni daqiqalarda, Braziliyada o’tkazilayotgan boks bo’yicha jahon chempionatining hal qiluvchi bahslari bo’lib o’tmoqda. Unda O’zbekiston boks terma jamoasi a’zolari ham munosib tarzda ishtirok etmoqda.

-90 kg vazn toifasida yarim final uchrashuvlari bo’lib o’tdi. Ushbu vaznda ringga ko’tarilgan hamyurtimiz To’rabek Xabibullayev xindistonlik sportchi Vishal Vishalga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv yakuniga ko’ra, charm qo’lqop ustamiz raqibini osonlik bilan 5:0 hisobida mag’lubiyatga uchratdi. Bokschimiz bu g’alabadan keyin final yo’llanmasini qo’lga kiritdi.

Jahon chempionati bahslari davom etadi. Natijalarni saytimiz orqali kuzatib boring

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting