locale OZ

Boks boʻyicha U15 va U17 Osiyo chempionatining ochilish marosimi oʻtkazildi

Mazkur nufuzli musobaqada qit’amizning 21 mamlakatidan tashrif buyurgan 500 nafardan ortiq yosh charm qoʻlqop ustalari gʻoliblik uchun ringga koʻtariladi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Boks boʻyicha U15 va U17 Osiyo chempionatining ochilish marosimi oʻtkazildi
photo: boks Uzbekistan

Toshkentda boks boʻyicha U15 va U17 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati boshlangani haqida ma’lum qilgan edik. “Olimpiya shaharchasi”da musobaqaning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda Asian Boxing tashkiloti, Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston boks federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Soʻzga chiqqan mutasaddilar musobaqaning ahamiyatiga toʻxtalib, barcha sportchilarga omad va muvaffaqiyat tilashdi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur nufuzli musobaqada qit’amizning 21 mamlakatidan tashrif buyurgan 500 nafardan ortiq yosh charm qoʻlqop ustalari gʻoliblik uchun ringga koʻtariladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting