locale OZ

Boks boʻyicha Oʻzbekiston jamoasi jahon chempionatida 11 ta medalga ega chiqdi

O'zbek bokschilari umumjamoa hisobidan Qozog'istondan keyin 2-o'rinni qayd etishdi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Boks boʻyicha Oʻzbekiston jamoasi jahon chempionatida 11 ta medalga ega chiqdi
photo: boxing Uzbekistan

Angliyaning Liverpul shahrida boks boʻyicha dunyo birinchiligi poyoniga yetdi. Dunyoning 68 mamlakatidan 540 nafar bokschi ishtirok etgan musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egalladi.

Oltin medal:
-60 kg: Abdumalik Xalokov
-65 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev
-80 kg: Javohir Ummataliyev
-85 kg: Akmaljon Isroilov
-92 kg: Toʻrabek Habibullayev

Kumush medal:
-65 kg: Navbahor Hamidova
+92 kg: Jahongir Zokirov

Bronza medal:
-48 kg: Sabina Boboqulova
-51 kg: Feruza Boboqulova
-75 kg: Aziza Zokirova

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting