Boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boshlandi
FOTO: Olympic.uz
Bugun Toshkentda boks boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati start oldi.
22 yanvarga qadar davom etadigan musobaqada yurtimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 278 nafar sportchi gʻoliblik uchun bahs olib boradi.
Rejaga koʻra, 15—19yanvar kunlari saralash janglari, 21—22 yanvarda esa mos ravishda yarimfinal va final bellashuvlari boʻlib oʻtadi. Musobaqa «Olimpiya shaharchasi»da tashkil etilmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist