Boks. Aziza Zokirova Vengriya vakilasi Regina Lakosni uchinchi raundda texnik nokautga uchratdi
O'zbekiston jamoasi a'zosin navbatdagi janggini 9 sentyabrda olib boradi.
photo: boxing Uzbekistan
-70 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, Aziza Zokirova Vengriya vakilasi Regina Lakosni uchinchi raundda texnik nokautga uchratdi.
O'zbekiston jamoasi a'zosi endi 9 sentyabrda chorakfinalda bahs olib boradi.
4-14 sentabr kunlari Angliyaning Liverpul shahri World Boxing shafeligida ilk bor o'tkazilayotgan kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati bahslariga mezbonlik qilmoqda.
60 davlatdan 500 dan ortiq bokschilar dunyo birinchiligida ringga ko'tarilmoqdalar.