locale OZ

Boks. Asadxo‘ja va Javohir ertaga prof boksdagi janglarini o‘tkazishadi

Bahslar Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida bo‘lib o‘tadi. Ular bugun tarozidan o‘tib olishdi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Boks. Asadxo‘ja va Javohir ertaga prof boksdagi janglarini o‘tkazishadi
photo: Google

Asadxo‘ja va Javohir ertaga prof boksdagi janglarini o‘tkazishadi.

Xabar berganimizdek, bir necha kun avval Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev hamda Javohir Ummataliyevlar "Queensberry Promotions" promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Ertaga bo‘lsa vakillarimiz professional boksdagi o‘z janglarida ringga ko‘tariladi.

Bahslar Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida bo‘lib o‘tadi. Ular bugun tarozidan o‘tib olishdi.

24 yoshli Olimpiya o‘yinlari g‘olibi va ikki karra Jahon chempioni Asadxo‘jaga musobaqa doirasida qozog‘istonlik Aydos Tastayev (8-7-0) raqiblik qiladi.

Yana bir Jahon chempioni Javohir Ummataliyev esa Ozarbayjon vakili Rahim Aliyevga (3-0-0) qarshi ringga chiqadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting