Boks. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev yarim finaluchun bahs olib boradi
O'zbek bokschisiga 10 sentyabr kuni qozog‘istonlik Ertug‘an Zeynulinov raqiblik qiladi.
photo: boxing Uzbekistan
Shu kunlarda Liverpul shahri World Boxing shafeligida ilk bor o'tkazilayotgan kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati bahslariga mezbonlik qilmoqda. 60 davlatdan 500 dan ortiq bokschilar dunyo birinchiligida ringga ko'tarilmoqdalar.
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev yarim finaluchun bahs olib boradi.
O'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi bugungi o‘z uchrashuvida, -65 kg vaznda finlyandiyalik Ismail Umarni qiyinchiliksiz mag‘lub etdi. 5:0. Unga endi, chorakfinalda 10 sentyabr kuni qozog‘istonlik Ertug‘an Zeynulinov raqiblik qiladi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor