Boks. Akmaljon Isroilov g‘alabali kunni yakunlab berdi.
O'zbekistonlik bokschi -85 kg vaznda australiyalik Lachlan Lavsondan 5:0 hisobida ustun keldi
photo: boxing Uzbekistan
World Boxing shafeligida bo'lib o'tayotgan boks bo'yicha Jahon chempionatining 10-sentyabr sanasiga belgilangan janglar o'zbek charm qo'lqop ustalari uchun omadli yakunlandi.
So'nggi bahsda ham O'zbekistonlik sportchi g'alabani qo'lga kiritdi. Bu safar Akmaljon Isroilov g‘alabali kunni yakunlab berdi.
O'zbekistonlik bokschi -85 kg vaznda australiyalik Lachlan Lavsondan 5:0 hisobida ustun keldi va chorak finalga yo‘l oldi. Terma jamoamiz mag‘lubiyatsiz seriyada davom etadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor